Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tibbiyot va xalq tabobati” nomli monografiya nashr etildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan professor S.B.Shadmanova masʼul muharrirligi ostida “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tibbiyot va xalq tabobati” nomli monografiya nashr etildi.

Monografiyada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tibbiyot va xalq tabobatiga doir manbalar, aholiga tibbiy yordam koʼrsatishdagi anʼanaviylik va oʼzgarishlar, yevropacha ilmiy tibbiyotga mahalliy aholining munosabati, uni qabul qilish yoki qilmaslik masalalari va buning sabablari tadqiq etilgan. Shuningdek, yevropacha tibbiyot vakillarining xalq tabobatiga munosabati koʼrsatib berilgan. Xususiy shifoxonalar va ularning faoliyatiga doir masalalar, xotin-qizlarga tibbiy yordam koʼrsatishning oʼziga xos xususiyatlari va bu yoʼlda xizmat qilgan shifokorlar faoliyati yoritilgan. Turli kasalliklar boʼyicha ish olib borgan tibbiyot xodimlari va tibbiy muassasalar faoliyati, turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar, ularni davolash usullari va samaradorligi, bu boradagi muammolar tahlil etilgan. Аsar tarixchilar va keng kitobxonlar ommasiga tavsiya etiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!