Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xivada “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Хalqaro forumi


Kecha 15-sentyabr kuni Xiva shahridagi hashamatli “Nurillaboy” majmuasida Oʼzbekistonda YuNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari boʼyicha Xalqaro maslahat qoʼmitasi faoliyatini rasmiy boshlanishi marosimi boʼlib oʼtdi.

Rasmiy marosim Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – turizm va sport vaziri А.Аbduhakimovning nutqi bilan boshlandi.

Oʼzbekiston jahon merosi obyektlarini saqlash va tiklash boʼyicha xalqaro maslahat qoʼmitasining birinchi yigʼilishining aynan Xiva shahrida oʼtkazilganligi biz ushbu soha mutaxassislari uchun ayni muddao boʼldi.

Yuqori darajadagi marosimda madaniy meros masalalari boʼyicha Xalqaro maslahat qoʼmitasini tashkil qilish faoliyati haqida va qoʼmita maqsadi va roli toʼgʼrisida Umumjahon merosi markazi tanishtiruvi boʼlib oʼtdi. YuNESKO Umumjahon merosi obyektlari joylashgan Oʼzbekiston shaharlari hokimlarining chiqishlari va Oʼzbekistonning Umumjahon merosi obʼektlari toʼgʼrisida qisqa taqdimotlar boʼlib oʼtdi.

YuNESKO Umumjahon merosi qoʼmitasi qarorlarini ijro qilish toʼgʼrisida YuNESKO Umumjahon merosi markazi direktori d-r M.Ryossler nutq soʼzladi va ushbu qoʼmita (13 nafar) Ekspertlarning qisqa sharhlari va muhokamalari tinglandi. Bunda Xalqaro maslahat qoʼmitasi doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlari, Oʼzbekistonda Umumjahon merosi obyektlarini saqlash va qayta tiklash nuqtai-nazaridan muammo va imkoniyatlar hamda kelgusida Xalqaro maslahat qoʼmitasi asosiy tadbirlari va amaliy natijalarini targʼib qilib borish va hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishuvlar qilindi.

 

Eng asosiysi, Xorazm Maʼmun akademiyasi laboratoriya mudirasi Gavxarjon Durdiyeva nomzodini ham dunyo miqyosidagi nufuzli tadqiqotchilar qatorida “Oʼzbekistonda YuNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari boʼyicha Xalqaro maslahat qoʼmitasi”ga ekspert sifatida koʼrsatilganligi quvonchlidir. Bu esa oʼz navbatida olimaning meʼmoriy yodgorliklarni saqlash, taʼmirlash va foydalanish samaradorligini oshirishga doir ilmiy faoliyatini xalqaro miqyosda kengaytirishiga imkoniyat yaratmoqda. Kelgusida, albatta, YuNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari boʼyicha Xalqaro maslahat qoʼmitasi faoliyati barcha mamlakatlar qatorida Oʼzbekistonda ham nazariy va amaliy ishlar bilan mavjud muammolarni hal qilishda oʼzining ijobiy natijasini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!