Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xitoydan Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi dori preparatlari yetib keldi


2020-yilning 9-aprel kuni Oʻzbekistonga Xitoy Xalq Respublikasidan maxsus reys orqali COVID-19 koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va profilaktika qilishda ishlatish uchun bir qator dori vositalari yetib keldi. Ushbu yuk Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tashabbusiga koʻra, Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizik-kimyoviy texnika va Shanxay farmatsevtika institutlaridan yuborilgan.

Dori vositalarining Toshkent shahriga yetib kelishini Xitoy fanlar akademiyasining Toshkent shahridagi “Xitoy — Oʻzbekiston tibbiyot texnologiya parki” tashkillashtirgan. Umumiy miqdorda 50 000 quti dori vositalari “Xitoy — Oʻzbekiston tibbiyot texnologiya parki” tomonidan Oʻzbekiston xalqiga begʻaraz yordam sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufiga topshirildi.

Yuborilgan dori preparatlarining Xitoyda ishlab chiqarilgan boʻlib, koronavirusga qarshi samarali qoʻllanilgan quyidagi vositalardan iborat:

1) “SPH Zhongxi Pharmaceutical Co., Ltd” farmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab-chiqarilgan “Fenle” preparati (gidroksixloroxin sulfat tabletkalari 100 mg) – 20 000 ta quti. Ushbu preparat bezgakka qarshi xususiyatga ega boʻlib, koronavirusga qarshi kurashda ham yaxshi samara bermoqda.

2) Xinjiang Uyghur Pharmaceutical Co., Ltd. farmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab-chiqarilgan “Zukamu” — 10 000 ta quti va “Zupa” — 10 000 ta quti preparatlari boʻlib, ular oʻtkir respirator kasallik va gripp simptomlarini bartaraf etishda samarali dori vositasi hisoblanadi.

3) Xinjiang Yinduolan Uighur Medicine Co., Ltd. farmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab-chiqarilgan “Fufang Yizhihao” preparati — 10 000 ta quti. Ushbu preparat virusli shamollash, tomoqning yalligʻlanishi va ogʻrigʻini bosish, bosh ogʻrigʻi va tana haroratini tushirishda samarali vosita hisoblanadi.

Oʻz navbatida “Xitoy-Oʻzbekiston tibbiyot texnologiya parki” tasarrufidagi davolash-diagnostika klinikasini mobil gospital sifatida bemorlarni joylash va davolashda foydalanish uchun taqdim etishga shayligini ham bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!