Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xitoy delegatsiyasi Bioorganik kimyo institutiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutiga Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi, professor Zhang Qiang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni akademik Shavkat Salixov hamda Institut direktori, akademik Abbosxon Turayev kutib oldi. Tashrif davomida mehmonlar Institut ilmiy faoliyati, farmatsevtika sohasidagi yutuqlari va innovatsion ishlanmalari bilan tanishdilar.

 

Institut faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — hayotiy biomolekulalar tuzilishi bilan ularning funksional faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish, shuningdek, virus va o‘smalarga qarshi yangi dori vositalarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalarni yaratishdir.
O’z navbatida Pekin universiteti Tibbiyot boshqaruvi xalqaro tadqiqot markazi direktori professor Shi Luwen universitet faoliyati haqida ma’lumot berib, ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Delegatsiya tashrifining asosiy maqsadi — farmatsevtika fanlari bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Institutdagi zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va asbob-uskunalar bilan jihozlangan Jamoaviy foydalanish markazi faoliyati bilan ham tanishdilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!