Ma始lumki, O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi 3365-sonli qarori asosida F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda.
Bugungi kunga qadar mazkur qaror asosida xarid qilingan laboratoriya jihozlari to始liq ishga tushirilgan va ularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi 袗xborot xizmati tomonidan taqdim qilingan ma始lumotga (https://kun.uz/news/2021/10/18/innovatsiya-vazirligi-yetkazib-bergan-664-ming-dollarlik-ilmiy-laboratoriya-asbob-uskunalari-ishlatilmayotgani-aniqlandi) javoban quyidagilarni ma始lum qilamiz:
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga Germaniyaning “ERVEK袗” kompaniyasining “AR-403” universal qurilmasi xarid qilingan.
Mazkur AR-403 qurilmasi asosan tibbiyotda qo始llaniladigan polimer tarkibli preparatlar olishda ishlatiladi. Ushbu qurilmada polimer eritmalarini tayyorlash, ularni tozalash, polimer tarkibiga biologik faol preparatlar kiritish reaktsiyalarini olib borish, hosil bo始lgan polimer tarkibli preparatlarni ajratib olish, tozalash, maydalash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Bugungi kunda ushbu qurilma to始liq ishga tushirilgan bo始lib, unda tozalangan KMTs, “Poliardez” dezinfektsiya vositasini va virusli kasalliklarga qarshi “Glaz袗vir” ko始z plyonkalarini olish bo始yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Umumiy va noorganik kimyo institutiga yetkazib berilgan 6 turdagi ilmiy asbob-uskunalar montaj qilib, 2021-yilning avgust oyida ishga tushirildi va mazkur uskunalarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, ISP-OS Agilent 5800 qurilmasidan yangi sintez qilib olingan biologik faol birikmalar tarkibidagi mirkoelementlar (Cu, Ni, So, Fe, Mn va boshqalar)ning sifat va miqdor analizlari uchun foydalanilmoqda. Shu bilan birga, Olmaliq Kon-metallurgiya va Navoiy kon-metallurgiya zavodlarining konsentrat, ruda va chiqindilari tarkibidagi elementlarni tahlili (Au, Ag, Cu, Mo, Re)da, RETSCH PM400 Planitar Tegirmondan yangi mineral o始g始itlar qattiq granulalarini mayda shakllarini olishda foydalanilmoqda. Sarry 5000 spektrofotometridan yangi turdagi olingan suv tozalovchi adsorbentlardan foydalanganda suvdagi og始ir metallarni tahlil qilishda keng qo始llanilmoqda.

Ma始lumki, O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-336-son qarori hamda O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2020-yil 19-noyabr 145-son bayoniga muvofiq Xorazm Ma始mun akademiyasida 2021-yil iyun oyidan kapital ta始mirlash ishlari boshlangan.
Shu munosabat bilan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Xorazm Ma始mun akademiyasiga yetkazib berilgan uskunalar, xususan, SETLINE rusumli universal o始ta sezgir differentsial skanerlovchi kalorimetrning turli salbiy omillar (chang, silkinish va h.k.) ga sezgirligi yuqori bo始lganligi hamda bu qurilmaning ishchi holatiga salbiy ta始sir qilishi mumkinligi inobatga olinib, konservatsiya holatida saqlanmoqda. Ta始mirlash ishlari tugagach uskunalar to始liq ishga tushiriladi.
Shuningdek, vazirlik tomonidan Bioorganik kimyo institutiga yetkazib berilgan “ECLIPSE Ti2-U” rusumidagi invertorli fluoresan mikroskopi montaj qilinib, joriy yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Hozirgi kunda mazkur mikroskopda “Immunotrop va o始smaga qarshi tabiiy birikmalarni identifikatsiyasi va tuzilish-funktsional tadqiqoti” va “Yangi avlod rekombinant toksinlarini ishlab chiqishda ribosomani nofaollashtiruvchi oqsillarning tuzilishi va funktsiyasi” E袗PI-2021-50 Yevroosiyo loyihasini bajarishda in vitro sharoitida rak hujayralari kul褜turasida sitotoksik faollikni o始rganish ishlari olib borilmoqda.