Men qadimgi, aynan 袗mir Temur va Temuriylar davri qo始lyozmalarini o始rgangan mutaxassis sifatida shuni ta始kidlamoqchimanki, o始sha vaqtlarda juda ko始p bizning va qo始shni davlatlar boshidan kechgan qiyinchiliklar, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi ( vabo va boshqalar) tufayli butun bir shaharda bironta odam ham tirik qolmagan. 袗mir Temur o始z askarlarini yuqumli kasalliklardan asrash uchun bu shahardan ancha yiroq va mashaqqatli yo始llar bilan olib o始tgan.
Ulug始 Vatan urushidan keyingi dastlabki yillari ( non olish uchun 5-6 yoshli bola bo始lib turib) kechasi bilan navbatda turib har bir odamni qo始liga bir buxanka non berilganligini juda ko始p eslayapman va shu kunlarda xalqimiz boshiga tushgan kutilmagan og始ir vaziyatni yengish uchun ba始zilarimiz Davlatimiz Rahbari olib borilayotgan sa始y-harakatlarga, shifokorlarimiz, posbonlarimizga yordam berish o始rniga xalaqit berayotganini ( to始y, yig始in, va boshqa marosimlar) haqida eshitib hayron bo始layapmiz.
Shu og始ir vaziyatdan chiqib ketish uchun hurmatli Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev xalqdan kasallik tarqab ketmasligi uchun faqatgina vaqtincha uyda o始tirishni so始ramoqdalar.
Qutlug始 Vatan urushi paytida Leningrad shahri "blokadada" bo始lgan va har bir odamga kun bo始yi yeyishlari uchun bir kichkina bo始lak non tekkan. Shu vaziyatda ham odamlar chidagan. Hozir esa davlatimiz tomonidan supermarketlar, bozorlar ilgaridek oziq-ovqat bilan ta始minlanib turibdi, stipendiyalar, oylik va pensiyalar o始z vaqtida berilayapti, tibbiyot xodimlari va dorixonalar nuqsonsiz ishlab turibdi. Xalqdan faqatgina uyda qolish so始ralyapti.
Nahotki boshidan shuncha og始ir kunlarni kechib farovon hayotga erishgan o始zbek xalqi hozirgi vaziyatni yengib o始tolmaydi?
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qator muhim farmonlarga imzo chekildi, xalqqa bir qancha imtiyozlar yaratildi, koronavirus kasalligiga chalingan insonlarga hamma tibbiy himoya vositalar jalb etildi, chet eldan (Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya va b.) kuchli tibbiyot mutaxassislari taklif qilindi.
Bu harakatlarning barchasi pandemiya tufayli xalqimiz orasida kasallik tarqalishi va yo始qotishlar bo始lmasligi uchun qilinyapti.
袗ziz vatandoshlar, bu og始ir kunlarda xalqimizning kelajagi uchun qo始lingizdan kelganicha yordam berishingizni va uyda qolishingizni so始rayman!
Dilorom Yusupova, O始zR F袗 akademigi.