馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalqimiz har qanday og始ir damlarda ham rahmdillik, mehmondo始stlik, bag始rikenglik an始analarga sodiq qoldi


O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G始alabaning 75 yilligini nishonlash to始g始risida”gi PQ-4495-sonli qarorida xalqimizning urush yillarida ko始rsatgan mardlik va matonati, yuksak insoniy fazilatlarini, qahramon ajdodlarimizning nomlari, shonli an始ana va qadriyatlarini abadiylashtirishga alohida urg始u berildi.

 

Vaqtlar, davrlar o始tsada, xalqlar hayotida sodir bo始lgan har qanday voqeliklar tarix sahifalarida muhrlanib qolaveradi. Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga ko始plab talofatlar va ayriliqlarni olib keldi. Millionlab odamlarni boshpanasiz qoldirdi. Garchi front yerlaridan uzoqda bo始lsa-da O始zbekiston urushning barcha qiyinchiliklarini boshidan o始tkazdi. Urush yillari o始zbek xalqi uchun eng og始ir va kuchli sinov davri sifatida tarixga muhrlandi. Xalqimizning asosiy ma始naviy-ahloqiy xususiyatlari, insonparvarligi aynan shu yillarda yorqin namoyon bo始ldi.

Urushning dastlabki kunlaridanoq o始z uy-joylarini majburan tashlab o始zga yurtlarga ketayotgan aholi uchun O始zbekiston ikkinchi vatanga aylandi. Yurtimiz bu yillarda bir milliondan ortiq aholini o始z bag始riga oldi. O始zbekiston hududida urush yillarida evakuatsiya qilingan korxonalar va aholi joylashtirildi. Evakuatsiya qilingan aholi bilan ishlash uchun katta kuch g始ayrat sarflash zarur edi. Respublikada evakosovet (evakuatsiya qilinganlar bilan shug始ullanuvchi tashkilot) tuzildi. Ular evakuatsiya qilingan aholining joylashtirish, ovqatlanishini tashkillashtirish, tibbiy yordam ko始rsatish masalalari bilan shug始ullandilar. Ko始chirilganlarning asosiy qismiga mahalliy aholining uylaridan joy ajratildi. Bu juda katta kuch talab etar edi. Masalan, birgina, o始sha davrda 653 ming aholisi bo始lgan 袗ndijon viloyatiga 100 mingdan ortiq aholi, shulardan 10000 bolalar joylashtirildi. Bu raqam 袗ndijonda har bir 5 kishilik oila 1tadan odamni qabul qildi, degani edi. Butun O始zbekiston ahli evakuatsiya qilingan xalqlarga o始z mehr-muruvvatini ayamadi. Ularning ko始pchiligi urush tugagandan keyin ham O始zbekiston xalqini bu g始amho始rligini uzoq yillar xotirasidan chiqarmadi.

Frontga ketganlarning o始rnini to始ldirish, evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda uy bekalari, xizmatchilar va kolxozchilar, talaba va o始quvchi yoshlar ham mehnat qildilar.

袗yniqsa, O始zbekistonga evakuatsiya qilingan 200 mingdan ortiq bolalarga bo始lgan o始zbek xalqining munosabatiga darhaqiqat tarixiy jasorat sifatida qarash lozim. Chunki har bir oilalarga qabul qilingan bolalarga o始z farzandidek tarbiyasidan tortib sog始lig始igacha qilingan e始tibor xalqimizning bolajonligidan, inson taqdiriga befarq emasligidan dalolat edi. O始zbekistonga yuzlab bolalar uylari ko始chirtirildi.

Bolalar uylaridan tashqari bebosh, yolg始iz bolalar ham turli yo始llar bilan O始zbekistonga kirib kelgan va ularni hisobga olish, joylashtirish masalalari bilan o始qituvchilar, militsiya xodimlari shug始ullangan.

Ikkinchi jahon urushi haqida so始z ketganda, uning eng og始ir yuki xotin-qizlar zimmasiga tushganini qayd etish darkor. Qiyin va qaltis zamonda ayollarning nozik yelkasi hatto erkaklarga murakkablik tug始dirgan vazifalarni ko始tarishga majbur bo始ldi. Bunday taqdir o始zbekistonlik xotin-qizlarni ham chetlab o始tmadi. Ular bu yillarda “erkaklar kasbi” bo始lgan stanoklar oldiga turdilar, traktorlar boshqardilar, temir yo始l, qurilish maydonlarida faollashdilar. 袗yollarning ishlab chiqarishda o始z kuchlarini ayamay davlat tomonidan “qat始iy qo始yilgan” rejalarni ortig始i bilan bajarishlarini ularning fashizm ustidan g始alabaga qo始shgan cheksiz hissasi deb baholash mumkin.

Ikkinchi jahon urushidagi O始zbekiston xotin-qizlari jasoratini Halima Nosirova, Tamaraxonim, Gavhar Rahimova, Lutfixonim Sarimsoqova timsollarida ko始rishimiz mumkin. O始zbekistonda tuzilgan musiqiy brigadalar tarkibidagi bu san始atkor ayollar front oldiga borib, jangchilarga o始z san始atlarini namoyish etganlar va ularning madaniy hordiqlarini ta始minlaganlar. Ular o始z hayotlarini tahlikaga qo始yib, harbiy qismlarda kontsert dasturlarini taqdim qildilar. Urush yillarida Tamaraxonim boshchiligidagi ansaml Kavkaz, Eron, Uzoq Sharq, Mongoliya, 袗vstriya, Vengriya kabi davlatlarda safarda bo始lib qaytgan edi. Ko始rsatgan jasoratlari uchun Tamaraxonim 袗rmiya kapitani unvoni va bir qator orden, medallar bilan taqdirlangan edi.

O始zbekistonda malakali kadrlar, qurilish materiallari va oziq-ovqat yetishmay turgan bir sharoitda Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo始yi xalq xo始jaligini tiklash, vayronaga aylangan shahar va qishloqlarni qayta qurish ishlarida ishtirok etdi. Urush yillaridagi og始ir vaziyatlarda ham o始zbek xalqining ma始suliyatliligi turli yo始nalishlardagi barcha topshiriqlarni og始ishmay bajarishga harakat qilganligida namoyon bo始ldi.

Urush har bir xonadonga, har bir oilaga kirib keldi. Umumiy musibat millatlar va xalqlarni birlashtirdi. Ularni bir biriga bag始rikeng munosabatini kuchaytirdi. Moddiy ahvoli og始ir bo始lishiga qaramay o始zbekistonliklar front oldi hududlari aholisiga g始amxo始rlik ko始rsatdi. Barchaning yagona intilishi urushda fashizm ustidan g始alaba qozonishga qaratilgan edi. O始sha davrdagi kuchli davlat va mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, xalqimiz o始zining milliy xususiyatlariga xos bo始lgan kim bo始lmasin og始ir damda qo始llab-quvvatlash, rahmdillik, mehmondo始stlik, bag始rikenglik an始analarga sodiq qoldi.

 

 Nodira Mustafayeva,

O始zR F袗 Ijtimoiy gumanitar fanlar bo始limi rahbar, t.f.d.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!