Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalqaro loyiha: sun’iy yo‘ldosh va kosmik qurilmalarda energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish


OʻzR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan NATO ning Tinchlik va xavfsizlik uchun ilm-fan (SPS) dasturi doirasida ‘‘Lightweight, Stable and Efficient Light Harvesting in Space with Hybrid Inorganic-Organic Perovskite Solar Cells’’ topshirilgan mavzusidagi loyiha gʻolib deb topildi.

 Loyiha kosmik qurilmalar uchun energiya yechimlarini inqilob qilishga, bu sohadagi texnologik imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirishga qaratilgan.

Loyiha institut professori Ashurov Nigmat Rustamovich boshchiligidagi tadqiqot guruhi va Germaniyaning Vuppertal Universiteti professori Tomas Riedl rahbarligidagi ilmiy jamoa bilan hamkorlikda olib borilishi koʻzda tutilgan.

Loyiha gibrid perovskit quyosh elementlarini (PSC) ishlab chiqishga qaratilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi: elementlarni kosmik muhitning o‘ziga xos talablariga moslashtirib, sun’iy yo‘ldosh va kosmik qurilmalarda energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda iborat.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!