Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalqaro hamkorlik samarasi: Istiqbolli loyihalar


Oʻzbekistonda birinchi marta AQSHning Olimpiya va Antidoping qoʻmitalari qoshidagi “Partnership forClean Competition” fondining sportda sogʻlom raqobatni oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy taʼminlash doirasida tanlov eʼlon qilindi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari insituti katta ilmiy xodimi Dilshadbek Usmanov “Morfinnibionamunalarda yuqori sezgirlikda aniqlashning sirt ionlashish usulini rivojlantirish” mavzusida mikrogrant yutib oldi. 
Loyihaning bajarilish muddati - 6 oy. Loyihaning moliyaviy hajmi 16900 AQSH dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, Latviya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasida Latviya Respublikasi tomonidan eʼlon qilingan ilmiy-tadqiqotlar boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda Institutning katta ilmiy xodim Urol Maxmanov gʻolib boʻldi. Nanotexnologiyalarning dolzarb muammolari boʻyicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun 2018 yilning 1 dekabridan - 2019 yilning 31 martigacha Latviya universitetida (Latviya, Riga) xizmat safarida boʻlishi rejalashtirilgan. 
Ilmiy stajirovkaning maqsadi nanooʻlchamli zarrachalar, xususan S60 va S70 fullerenlari molekulalarining turli organik erituvchilardagi eritmalarida hamda qattiq taglik sirtidagi fullerenlar eritmalari tomchilarining issiqlikdan bugʻlanish jarayonlarida molekulalarning oʻz-oʻzidan yigʻilishi va tashkillanish qonuniyatlarini tadqiq qilishdir.
Gʻoliblarni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvafaqqiyatlar tilab qolamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!