O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga YuNESKOning madaniyat masalalari bo‘yicha Bosh direktorining sobiq o‘rinbosari, italyan arxitektori, shaharsozlik bo‘yicha mutaxassis va madaniy merosni muhofaza qilish sohasida xalqaro ekspert Franchesko Bandarin hamda “RC HERITAGE” kompaniyasining (Fransiya) bosh direktori Simone Ricca tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov hamda vitse-prezident Bahrom Abduhalimovlar kutib oldi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va xalqaro ekspertlar o‘rtasida madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mehmonlarga Akademiyaning faoliyati va ilmiy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarga zamin yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.