2018 yil 24 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Belarusiya Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi, Fizika, matematika va informatika boʻlimi ilmiy kotibi, akademik Orlovich Valentin Antonovich, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, dotsent Podkopayev Vladimir Viktorovich, Belarusiya Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, f.-m.f.d. Shyerbakov Sergey Sergeyevich tashrif buyurishdi. Mehmonlarni OʻzR FA bosh ilmiy kotibi, vitse-prezidentlari kutib olishdi va ikki davlat ilm-fani sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashishdi. Yangi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.