O始zbek xalq shoiri Mirtemir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan O始zR F袗 O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan “Mirtemir ijodining ma始naviy-ma始rifiy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy onlayn konferensiyasi o始tkazildi.

Unda Institut xodimlari, akademiklar, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar, oliy ta始lim muassasalari professor-o始qituvchilari, taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
Konferensiyaga taqdim etilgan ma始ruzalarning mavzulari rang-barang bo始lib, ularda Mirtemir ijodining turli qirralari, shoir ijodining bugungi o始zbek adabiyotida tutgan o始rni, davr muammolarining shoir ijodida aks etishi, Mirtemir she始riyatidagi tabiat, do始stlik, sevgi va sadoqat, xalqlar do始stligi, shogirdlariga nisbatan mehribon ustoz singari jihatlari muhokama qilindi.
Ilmiy ma始ruzalardan so始ng shoir, yozuvchi va olimlar Mirtemir haqidagi xotiralari bilan o始rtoqlashdi.
