Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Voha ilm fani yuksalishi yo’lida!


O’tayotgan haftada O’zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasining hududiy bo’limlari Xorazam Ma’mun akademiyasi, Qoraqalpog’iston va Navoiy bo’limlarining ilmiy anjumani bo’lib o’tdi. Anjuman hududiy bo’limlarda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar, taqdimotlar ko’rgazmasi bilan boshlandi. Ko’rgazmada hududiy bo’limlar bilan bir qatorda poytaxtda faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, mamlakat ilm-fanida o’z o’rniga ega bo’lgan olimlar va Xorazm viloyati hamda Xiva shahri hokimligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

 

 

Ko’rgazma asnosida: Dorivor o`simliklar introduksiyasi orqali “Xiva” balzami fitopreparati, “Ma’munshoh” va “Tuz va tosh haydovchi” fitochoylari, Steviya o`simligi tarkibidan achchiqligi kamroq bo`lgan Steviozid biologik faol moddalar ajratib olinganligi,tarkibida para-nitrobenzol kislotasi, mis (ИИ) xlorid va trietanolamin tuzlari bo`lgan “BKM” nomli yangi biostimulyator yaratilganligi va bu  biostimulyator bug`doy, makkajo`xori kabi o`simliklarning maysalarini unib chiqishini 3-4 kun oldinga tezlashtiradi, 1 ga maydondagi hosildorlikni 8-10 sentenerga oshiradi. Shuningdek fitopatogen mikroorganizmlardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo’lganligi, oqova suv yo`llarini tozalovchi vosita tarkibi ishlab chiqilgani va amaliyotda sinovdan o`tkazilganligi, qadoqlash uchun qog`oz buyumlar ishlab chiqarish sohasi uchun mahalliy xom ashyolar asosida yelim tarkibi ishlab chiqilgani va sanoat sharoitida sinovdan o`tkazilganligi to’g’risida ishlanma,tabiiy minerallar va ikkilamchi materiallardan dekorativ silikat g`isht tarkibi ishlab chiqilganligi va sinov namunalari olinganligi, olingan namunalar mustahkamligi, sovuqqa bardoshligi bo`yicha talab darajasida ekanligi to’grisida ma’lumot, buyrak kasalikklarida  gipoazotemik ta’sirga ega “Sinorizid” preparati, Navoiy shahar hududida aholini sog’lomlashtirish ekologik bog’ini yaratish loyihasi, Parrandalar uchun orol dengizi sifatsiz Artemia sistatasi asosidagi oqsil-vitamin mineralli konsentrat ozuqa qo’shimchasi kabi ilmiy ishlanmalar namoyish etilib, kelgan mehmonlar, ilmiy xodimlar, fermer va dehqonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

 

 

 

Anjumanda Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi I.I. Abdullayev, Qoraqalpog’iston bo’limi raisi Kudayberganov K.K va Navoiy bo’limi raisi A.U. Mirzayevlar so’zga chiqib hududiy bo’limlarda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va yangiliklar to’g’risida ma’lumotlar berishdi. Anjuman voha viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasi ilm-fani tarixi va buguni haqidagi eng so’nggi yangiliklar ifodasini o’zida namoyon etdi. Anjuman birdamlik, do’stlik va yangillikka intilish ruhiyatida bo’lib o’tdi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!