Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Vodiy korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash


Bugungi kunda dunyodagi har qanday mahsulotga bo‘lgan talab uning sifati va narxi bilan belgilanadi. Shuning uchun har bir o‘zini hurmat qiladigan korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni doimiy sifatini nazorat qilish maqsadida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan akkreditasiyadan o‘tgan laboratoriyasiga ega bo‘lish va ishlab chiqarish jarayoni xarajatlarini kamaytirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga harakat qiladi. Farg‘ona viloyatida joylashgan "Kvarts" AJning shisha zavodi shulardan biri. Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi yaqinda mazkur aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Shisha ishlab chiqarish zavodining yillik quvvati 22,2 million kvadrat metr bo‘lgan float oyna ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirish marosimida Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev va uning o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev ishtirok etdilar. Suhbat chog‘ida “Kvarts” AJ boshqaruv raisi Akmal Buriyev "Kvarts" AJ 1975 yilda tashkil etilganligini, korxonaning asosiy ish faoliyati turli xil hajmdagi shisha idishlar (banka, butilka), yetti xil rangdagi qurilish oynalari shu jumladan avtomobilsozlik sanoati, mebel' sanoati hamda xalq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan turli xil oyna mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat ekanligini ta'kidladi.

A.Mirzayev, o‘z navbatida, zavod mutaxassislariga, Bo‘lim olimlari Vaush konida noma'dan foydali qazilmalarni kompleks qazib olish texnologiyasini ishlab chiqish ustida ish olib borayotganini, u yerda geologiya uchun kamyob bo‘lgan bir vaqtning o‘zida dolomit, bentonit va Kvarts qumlari to‘planganligini aytdi.

Dolomitni qayta ishlash yo‘li bilan magniy oksidi (magnezit) olish bo‘yicha innovatsion texnologiya ham Bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan. Tajribalar davomida kimyoviy toza bo‘r ham olingan. Ushbu mahsulotlarning aniq kimyoviy tarkibini aniqlash zarur bo‘lganligi sababli, ulardan 15ta namuna "Kvarts" AJ laboratoriyasiga berildi. Bular - magniy oksidi - magnezit, bo‘r – kalsiy karbonat va xom ashyoning o‘zi – dolomitdir. Bundan tashqari, Kvarts qumlari, bentonit va temir-magnit fraksiyasi namunalari laboratoriyaga taqdim etiladi.

Muzokaralar ishtirokchilari namunalar tahlilining ijobiy natijalari olinganda, ular zavodda tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida qaralishi mumkinligi to‘g‘risida kelishib oldilar. Bu yo‘nalishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Bundan tashqari tadbirda navoiylik olimlar Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov bilan ham uchrashdilar. Xokimning aytishicha, meva-sabzavotlarni eksport qilishda vodiy O‘zbekistonda yetakchi, ammo bu masala tizimlashtirish va ilmiy yondashuvni talab qiladi. X.Bozarov olimlarni hamkorlikka chorladi. Bo‘lim rahbariyati rozilik bildirdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!