🌐

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi PF-5524-sonli Farmoni bilan mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, fan-ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy  sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh vatandoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishdi. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida fidokorona faoliyat olib borayotganlar ham bor:

“O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi”

Yuldashev Behzod Sodiqovich –

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti


“Mehnat shuhrati” ordeni

Tursunbay Rashidov

– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi
Axmedova Zaxro Raxmatovna –

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti laboratoriyasi mudiri

 


“Do‘stlik” ordeni

Berdimurodov Amridin Ergashovich

–

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori

Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Yusupov Djalil Djo‘rabaevich

–

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh muhandisi


“Shuhrat” medali

Xodjaev Ablat

– Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

 


Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni chin yurakdan qutlaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!