OʻzR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uni OʻzR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyining direktori X.T.Fayziyev ochib berdi. Unda muzey xodimlari, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi rahbariyati va Fondning Toshkent viloyati muassasasi boshliqlari, shuningdek, Chirchiq Oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti ofitserlari, professor-oʻqituvchilari hamda kursantlari qatnashdi.
Bayram tadbirida Oʻzbekistonning Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan islohotlar, oʻzbek davlatchiligi tarixida muhim oʻrin tutgan Amir Temur va Temuriylar davrining harbiy salohiyati tarixiga bagʻishlangan ilmiy maʼruzalar tinglandi.
Tadbir soʻnggida “Kitobxonlik viktorinasi” oʻtkazildi va gʻoliblarga Sohibqiron Amir Temur hamda Temuriylar hayoti va faoliyatiga tegishli kitob-risolalar taqdim etildi.