O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi- Samarqand arxeologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.n., A.E. Berdimurodovning “Vatan haqqiga munojot” nomidagi esselar to'plami nashr etildi. O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Bahodir Qobul ma'sul muharrirligida nashr etilgan kitobda muallif ravon, sodda tilda yozilgan o'zi bilan bog'liq holatlar, kechinmalar, boshidan o'tkazgan voqeliklar asosida Vatanimiz tarixi, qadriyatlari, tariximizning og'riqli davrlarini yetqazishga xarakat qilgan.
Kitob “Mavzuga kirish”, “Faxr etishga arzirlik Vatan”, “Vatan suratiga chizgilar”, “Allomalar”, “Dinlar”, “Mentalitet”, “Til va tarix”, “So'ngso'z” boblaridan iborat bo'lib, boblarning mohiyatidan kelib chiqqan holda qadim elimizning hali biz bilmagan yangi timsollari, Vatan tuprog'i, tabiati, ota-ona va ajdodlarning pand-nasihatlari, an'ana va qadriyatlar, buyuk ajdodlarimiz va noyob an'analari, tariximizning ayanchli, o'kinchli, armonli davrlari o'ziga xos uslubda kitobxonga yetqazib berilgan.
Kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Ijod" jamoat fondi homiyligida "Adabiyot" nashriyotida chop etilgan.