O始zR F袗 Zoologiya instituti tomonidan Qoraqalpog始iston Respublikasi Ustyurt platosi janubiy hududlari faunasini o始rganish maqsadida ekspeditsiya uyushtirildi.

Sariqamish ko始lining sharqiy qirg始og始i buylab joylashgan chinklar

Ustyurt palatosidagi jayronlarning kichik populyatsiyasi
Ekspeditsiya davomida Ustyurt platosining janubiy hududlarida joylashgan Sariqamish ko始lining shimoliy, sharqiy va g始arbiy qirg始og始i bo’ylab va u yerda joylashgan chinklarda, Sho始rja kotlovani atrofida va Qulantaqir geografik punktlarida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Sariqamish ko始lidagi flamingo galasi

Sariqamish ko始lida uchragan oqqushlar galasi

Sariqamish ko始lining sharqiy qirg始og始i buylab joylashgan chinkda uyalagan jo始rchi qushi


Tadqiqot jarayonlari
Tadqiqot ishlari davomida O始zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan jayron (Gazella subgutturosa G)larning kichik populyatsiyalari va qulon (Equus hemionus P)larning 60-70 boshli katta podasi aniqlandi hamda ularning bioekologik xususiyatlari o始rganildi.
Sariqamish ko始lining sharqiy qirg始og始ida joylashgan chinkning yoriqlarining biridan yo始qolib ketish xavfi ostida turgan Ustyurt quyi (Ovis vignei arkal E) ning tunash joyi va izlari topildi.