Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ustozlar xotirasi mangu barhayot!


      O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida marhum akademik Hamidilla Nig’matovich Aripovning tashabbusi bilan qurilgan texnologik korpusiga ustozlar nomini abadiylashtirish, hozirgi yosh avlodga tanitish, yurtimizda yetuk olimlarning xizmatlari doimo hurmat bilan yodga olinishi kerakligini namunasi sifatida  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik  Sobir Yunusovich Yunusov nomidagi “O‘simlik moddalari kimyosi institutining texnologiya binosi Abu Rayhon Beruniy nomidagi fan va texnika sohasidagi davlat mukofoti laureati, akademik Hamidilla Nigmatovich Aripov tashabbusi bilan barpo etilgan” hamda “Ushbu texnologik majmuada institutning texnologik ilmiy izlanishlar asoschisi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi fan va texnika sohasidagi davlat mukofoti laureati, texnika fanlari doktori, professor Talat Toyibbekovich Shakirov 1966-2003 yillarda faoliyat yuritgan” degan yodgorlik taxtasi o‘rnatilishi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Uni institut direktori, professor Shomansur Sagdullaev ochib berdi. Tajriba texnologiya laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Olim Sodiqov ikkala ustozlar to‘g‘risida ma’ruza qilib, ularning ibratli hayot yo'lini yig’ilganlarga so’zlab berdi.

Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar direktorlari, marhumlarning yaqinlari, do‘stlari va institut xodimlari ishtirok etgan xotira kechasida so‘zga chiqqanlar Hamidilla Aripov va Talat Shakirovlar olib borgan ishlari to‘g‘risida iliq so’zlarini, o’z xotiralarini so‘zladilar. Ustozlar xotirasi shogirdlar qalbida mangu barhayotdir!

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!