Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tayanch doktaranti, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Javlon Jovliyevning lotin va kirill yozuvlarida “Usmon Nosir” dramasi chop etildi. Kitob Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlash maqsadida nashr qilingan. Maslahatchilar akademik Naim Karimov, professor Jabbor Eshonqul, nashr uchun masʼul professor Bahodir Karim. Drama faqat yuksak isteʼdod egasi, millatning chin shoiri Usmon Nosir haqida emas. Yoʻq, u bugungi davr haqida ham soʻzlaydi. Zero, tarix haqida yozib shu kun xulosasini chaqarmas ekanmiz, u qogʻozni shunchaki boʻyab-bejashdek gap. Vatan, shubhasiz, oʻz ilmli yoshlarini asrashi, koʻpaytirishi va qoʻllashi kerak. Zero, uning ertasi shunga bogʻliqdir!
Drama, aslida, shu haqida.Ushbu kitob Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosabati bilan Gʻijduvon tuman hokimi Sherzod Rahimovich Ashurov homiyligida chop etildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu drama Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan.