O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida o始zbek kolleksiyasidagi O始rta Osiyo seleksiya uzum navlarining DNK markerlaridan foydalangan holda molekulyar-genetik pasportizatsiyalash amalga oshirildi. Tahlil natijasida mavjud kolleksiyadan 255 tasi o始zbek, 166 ta tojik, shuningdek, 43 ta nav namunalari turkman va qirg始iz seleksiyasiga mansubligi aniqlandi. Markaziy Osiyo seleksiyasi navlari tasniflangan ma始lumotlaridan foydalanib 15 ta qimmatli xo始jalik belgilari bo始yicha statistik tahlillar o始tkazildi. Ushbu tahlil natijasida oltita belgi bo始yicha o始rganilayotgan navlarning sifat tarkibini aniqlashga imkon berdi (vinobop, xo始raki va universal).

Shuningdek, uzum navlarini genotiplash, ularning genetik xilma-xilligini baholash va 9 neytral mikrosatellit markerlari yordamida shtrix-kodlash ishlari olib borildi. Kolleksiya tahlili natijasi shuni ko始rsatdiki, mikrosatellit markerlar to始plamida o始rganilgan namunalar bir-biridan 2% -87% gacha farq qiladi. Polimorfik allellar va ularning o始lchamlari bo始yicha olingan ma始lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyo seleksiyatsiyasining 203 navi uchun boshlang始ich genetik to始plam (pasport) aniqlandi. Ushbu genetik to始plam GENRES 081 xalqaro standarti bo始yicha kodlangan. Bundan tashqari, o始rganilgan uzum namunalarini baholash asosida veb-interfeysga ega ma始lumotlar bazasi tayyorlandi.
Shu bilan birga, Markaz tomonidan tizimli ravishda in vitro usulida uzum ko始chatlari yetishtirib berishda foydalaniladigan sun始iy ozuqa muhitlari ishlab chiqilib, quyidagi istiqbolli sharobbop, ekstportbop uzum navlarini ko始paytirish yo始lga qo始yilgan. Shu asosda ushbu navlar: Shardone; Pino-gri; Sovinon; Kaberne; Dyubre De-Marsel; Puke; Malvaziya krasnaya; 袗lfons lavale. Roi ko始paytirilmoqda. Markazda qadimiy Amir Temur davridan qolgan o始zbek uzum navlarining 2500 ta virussiz ko始chatlari tayyorlandi va fermer xo始jaliklariga topshirildi. Oq dum va Qizil dum navlarining 1000 tasi Xatirchi tumaniga (Navoiy viloyati), 500 tasi Oltinsoy tumaniga (Surxondaryo viloyati), 1000 tasi Chust tumaniga (Namangan viloyati) yetkazib berildi. Natijada ona ko始chatzorlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, Markazda urug始siz uzum navlarini DNK polimorfizmi, genetik xilma-xilligi va embrionlar rivojida turli fitogormonlarni ahamiyati va ularni genetik mexanizmini o始rganishga qaratilgan fundamental tadqiqotlar boshlangan. Ushbu natijalar asosida urug始siz uzum seleksiyasida gibrid avlodlarni olishning ilmiy-asoslangan mexanizmi ishlab chiqiladi. Kelajakda eksport salohiyatini oshiruvchi yangi istiqbolli navlar xilma-xilligi ko始paytirilib, urug始siz uzumning milliy brendi yaratiladi.