Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tyan-Shan hududida zilzilalar xavfini prognozlash: Yangi seysmogeodinamik model yaratildi


Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan Tyan-Shan hududini turli darajadagi (rangdagi) tektonik bloklarining seysmogeodinamik xususiyatlarini o‘rgangan holda hududning kuchlanganlik holatining matematik modeli yaratildi. Faol yer yoriqlari atrofidagi kuchlanganlik ko‘rsatkichlari aniqlandi.

Olib borilgan seysmotektonik izlanishlar natijasida G‘arbiy Tyan-Shan hududi faol yer yoriqlari bilan chegaralangan 1, 2 va 3-darajadagi (rangdagi) tektonik bloklarga ajratildi. Ushbu bloklarning kuchlanganlik holatini aks ettiruvchi model xarita tuzildi.

Tadqiqot natijasida hozirgi kundagi kengayish holatidagi hududlar ajratilgan, bunda kuchlanganlik yo‘nalishi gorizontiga nisbatan 15 - 45   tashkil etishi aniqlandi.
Yaratilgan model xarita asosida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zilzilalar o‘choqlaridagi harakatlarni baholash imkonini yaratadi. 

Respublikada birinchi marta seysmotektonika yo‘nalishidagi izlanishlar o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tadqiqot zilzilalar sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarni uzoq vaqtli prognoz qilishning tektonik asoslarini yaratishga imkon beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!