袗trof-muhitga antropogen omillar salbiy ta始sirini kun sayin ortib borayotgani va yashash muhitlarining qisqarishi biologik xilma xillik obyektlarining inventarizatsiyasi bo始yicha olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlarning dolzarbligini asoslaydi. 袗ynan bu boradagi izlanishlar o始simliklar xilma xilligi, xususan, uning endemizm fraksiyasi, kamyob va yo始qolib borayotgan turlarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham alohida mamlakatlar yoki yirik tabiiy geografik hududlarning flora tarkibini xatlovdan o始tkazish, ma始lumotlarning elektron bazalarini yaratishga talab ortib bormoqda. 袗gar alohida mamlakatlar darajasida tuzilgan flora konspektlari ma始muriy chegaralar doirasidagi mahalliy o始simliklar, xususan, milliy endemlarni saqlab qolish, tabiiy flora resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini belgilab bersa, yirik tabiiy geograifik hududlar bo始yicha bu boradagi tadqiqotlar fundamental xarakterga ega bo始lib, floristik majmualarning shakllanish qonuniyatlari, endemizm o始choqlarini anglashda katta ahamiyatga ega bo始ladi.
Mana shunday chuqur fundamental va ayni paytda katta amaliy ahamiyatga ega bo始lgan yirik ilmiy asarlardan biri O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida Janubiy Koreya, Rossiya, Finlyandiya, Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir qator yetakchi olimlari bilan birga yaratildi. 袗kademik K.Sh. Tojibayev va boshqalar hammuallifligidagi “Checklist of vascular plants of the Tian-Shan Mountain System” nomli 607 sahifadan iborat bo始lgan kitob joriy yilning fevral oyida Seul shahrida nashrdan chiqdi. Mazkur asarda birinchi marotaba Tyan-shan tog始larining Markaziy Osiyo qismida o始sadigan o始simlik turlarining to始liq tarkibi keltirilgan. Unda Qozog始iston, Qirg始iziston, Tojikiston va O始zbekiston Tyan-shan qismida uchraydigan 116 o始simlik oilalariga mansub bo始lgan 4283 turning tarkibi, zamonaviy nomenklaturasi, sinonimlari, geografiyasi va endemizm ko始rsatkichlari bo始yicha ma始lumotlar keltirilgan.

Ushbu asar tabiiy flora, o始simliklar geografiyasi va sistematikasi sohalarida faoliyat olib borayotgan olimlarning uzoq yillik mehnatlarining samarasi hisoblanadi. Uni tayyorlash davomida bu yo始nalishlarga oid bo始lgan bir necha yuz ilmiy manbalarni chuqur tahlili barobarida Toshkent, Olmaota, Bishkek, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi yirik gerbariy fondlari ma始lumotlarni jalb etilgan. Shuningdek, tadqiqot hududi bo始ylab uzoq yillar davomida olib borilgan keng ko始lamli ilmiy dala tadqiqotlari mavjud ma始lumotlarni boyitishga xizmat qilgan.
O始ylaymizki, bu asar dunyodagi mavjud 36 ta yirik bioxilma xillik o始choqlaridan biri bo始lgan Tyan-shan tog始lari florasi bo始yicha ma始lumotlarni umumlashtirgan manba sifatida uzoq yillar fan rivoji uchun xizmat qiladi.