Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Turli xil qishloq xoʼjaligi ekinlari uchun ekologik xavfsiz “Mikroo'stirgich” preparati


“Mikroo’stirgich” preparatining asosini gibberellinlar, ISK va qishloq xoʼjaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qiluvchi antibiotikli moddalar hosil qiluvchi, skriningi natijasida maxsus tanlangan mahalliy mikroorganizm shtammlari tashkil qiladi. Biopreparat urugʼlarga ekishdan oldin ishlov berish va vegetatsiya davrida oʼsimliklarga sepish orqali qoʼllaniladi. Preparat O’zR FA Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan.

Preparatdan yopiq grunt sharoitida yetishtiradigan bodring va pomidor urugʼlariga ishlov berishda ham foydalanish mumkin.

Preparat qoʼllanilganda:

•         urugʼlarning unish energiyasini oshiradi va unib chiqishini tezlashtiradi;

•         oʼsimliklarning morfologik belgilarini yaxshilaydi;

•         hosildorlik ortishini taʼminlaydi;

•         mineral oʼgʼitlar sarfini 30-50% ga kamaytiradi;

•         kasalliklar va zararkunandalardan himoya qiladi.

Preparat Davlat kimyo komissiyasining Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligida qoʼllash uchun ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar roʼyxatiga turli xil qishloq xoʼjaligi ekinlariga oʼsish-rivojlanishni stimullovchi va hosildorlikni oshiruvchi sifatida, shuningdek, ochiq va yopiq grunt sharoitlarida fitopatogenlardan himoya qilish uchun kiritilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!