馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Turkiyada Amir Temurga bag鈥檌shlangan simpozium o鈥檛kazildi


Joriy yilning 29-30-noyabr kunlari Turkiyada Ege universiteti hamda O始zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bilan hamkorlikda “袗mir Temur va Izmir” simpoziumi o始tkazildi. Simpoziumda O’zR FA Tarix instituti olimlari, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Eron davlatlari tadqiqotchilari ishtirok etdi. Simpoziumning tantanali ochilish marosimida Turkiya va O始zbekiston davlatlari madhiyasi yangradi. Simpozium Ege universiteti rektori, professor Nejdet Budakning kirish so始zi bilan boshlandi. Rektor o始z tabrik so始zida izmirliklar 袗mir Temur shaxsiyati haqida gapirar ekan, mazkur simpozium birinchisi va davomiy bo始lishini, uzviy hamkorlik davom etishini ta始kidladi. Shuningdek, 袗mir Temur nomini abadiylashtirish maqsadida Izmir ko始chalari, madaniy joylarga uning nomini berish taklifini bildirishdi.

  

Simpoziumda F袗 Tarix institutining ilmiy ishlar bo始yicha direktor o始rinbosari Sherzodxon Maxmudov so始zga chiqib, 袗mir Temur tarixi haqida xorijliklar tomonidan yozilgan bir yoqlama manbalardan voz kechib, qardosh xalqlar olimlari bahamjihat qayta tadqiqotlar olib borishini va uni jahonga, xususan, turk dunyosiga targ始ib etishi kerakligini qayd etdi.

To始rtta sho始baga bo始lingan holda ish olib borilgan simpoziumda yangi ilmiy tadqiqotlarga bag始ishlangan ma始ruzalar tinglandi. Unda N.袗llayeva “Xorazm solnomalarida 袗mir Temur shaxsi tavsifi”, J.袗dilov “袗mir Temur xastaligiga doir arxiv manbasi”, V.Xolov “XIX-XX asr boshlari G始arb manbalarida Temuriylar davri tarixi: talqin va tahlil”, N.Gulboyev “袗mir Temur va Rum: harbiy yurish tafsilotlari”, H.Mamadaliyev “Turon shaharsozligi rivojida 袗mir Temurning hissasi”, M.Darmonova “Temurilarlar davri: xattotlik san始ati va namoyondalari”, X.Jumanazarov “袗mir Temur davrida tabobat ilmi ravnaqi”, S.Nazarova “袗.Fitrat asarlarida 袗mir Temur obrazi” kabi dolzarb mavzulardagi ma始ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Mazkur simpozium 袗mir Temur shaxsiyati va tarixini chuqurroq o始rganish, yangi tadqiqotlarni yuzaga chiqarish, ilmiy hamkorlikni mustahkashlash hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashuviga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!