Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Turkiy xalqlar ilmiy birdamlik yo’lida!


Olmaota shahrida Turk dunyosi Milliy Fanlar akademiyasi ittifoqi Bosh assambleyasining VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 Unda Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek, Turkiy tillar akademiyasi prezidenti Shayn Mustafoyev, Qozog‘iston Milliy universiteti rektori Janseit Tuymebaev, Turkiy respublikalar tashkilotining Budapeshtdagi vakolatxonasi ijrochi direktori Yanos Xovariy, Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Iso Habibbeyli, Qozog‘iston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Kunsulu Zakariya , Qirg‘iziston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Kanatbek Abdrahmatov, Turkiya Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffer Sheker, Mo‘g‘uliston Fanlar akademiyasi prezidenti Regdel Duger, Boshqirdiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Komil Ramazanov, Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti Daniya Zagidullina, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi G‘ayrat Baxadirov va  Bratsk universiteti rektori ishtirok etishdi.

 

Sessiya doirasida Turkiy davlatlar oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikning dolzarb masalalari, turkiy millatlar soʻnggi yillarda ekologiya sohasida yaqinlashib kelayotgan texnik vazifalar dunyosida qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari keng muhokama qilindi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish, yashil energiya, turkiy xalqlarning umumiy tarixi, tillari, adabiyoti va madaniyati kabi dolazarb masalalar ko'rib chiqildi. Kelgusidagi ilmiy hamkorlik loyihalarni amalga oshirish rejalari kelishib olindi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!