Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Turkiy xalqlar do'stligi: tarix va bugunni bog'lagan hamjihatlik uchrashuvlari


Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyoning Turkiyaga ilmiy-amaliy safari davom etmoqda. Chunonchi u Anqara shahrida Chet ellardagi turklar va qardoshlar boqonligi boshlig‘i o‘rinbosari Murod Qozonchi, Turksoy Bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi. Samimiy va ishchan o‘tgan uchrashuvlarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi, turkiy dunyo tarixi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni bajarish, ular natijalari bo‘yicha xalqaro anjumanlar uyushtirish, Turkiyaning turli to‘plamalarida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar, turli hujjatlardan foydalanish masalarida birlamchi kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Azamat Ziyo Bursa Ulug‘tog‘ universiteti rektori, professor Fariddin Yilmaz bilan ikki tomonlama ilmiy va ta’lim hamkorligi bo‘yicha kelishuvni ham imzoladi. Universitetning Tarix bo‘limi olimlari bilan suhbatlashdi, ular olib borayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishib, Tarix institutining ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berdi, kelgusida birgalikda ishlash bo‘yicha fikrlar almashildi.
O‘zbekiston uchun bugungi kunda boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, tabiiy boyliklarimizning keng targ‘ib etish, ayniqsa, ushbu jarayonga chet elliklarni keng ko‘lamda jalb etish ishining muhimligidan kelib chiqib, Azamat Ziyo Anqaradagi Mustafo Kamol Ota Turk muzeyi hamda Bursadagi Panorama 1326 Bursa Fetih Müzesida ham bo‘lib, zamonaviy muzeychilik yutug‘lari bilan tanishdi.

 

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!