Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta始minlash, tabiiy, texnogen hamda ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo始nalishlaridan biridir. O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 5-may kuni o始tkazilgan videoselektor yig始ilishida Sardoba suv omborida yuz bergan favqulotda holat Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida qishloq xo始jaligiga ham jiddiy talofat yetkazganini ta始kidlab o始tdi. Shuningdek, Buxoro viloyatida sodir bo’lgan tabiiy ofat ham qishloq xo’jaligi ekinlariga o`z ta’sirini ko’rsatdi. Bu kabi tabiiy ofatlar natijasida tuproq unumdorligi muammosi yanada dolzarb masalaga aylandi.

Hozirgi vaqtda dunyo aholisining o始sish surati oziq-ovqat ishlab chiqarish suratiga nisbatan ortishi va qishloq xo始jaligi mahsulotlari uchun zarur bo始lgan energiya manbalari, chuchuk suv zahiralari, ekinga yaroqli yerlar kabi resurlarning keskin qisqarishi jahon miqyosida oziq-ovqat muammosini keskin kuchaytirgan bir holatda tuproq unumdorligini oshirish qishloq xo始jaligining asosiy muammolaridan biri sifatida yangi ilmiy-tadqiqotlar olib borilishini talab etmoqda.
Shu boisdan olimlarimiz bu yo始nalishlarda ilmiy izlanishlarni olib bormoqdalar. Xususan, Umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan “Tuproq unumdorligini oshiruvchi yangi turdagi mikroelementlar tutgan guminli o始g始itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” hamda “Mahalliy xom-ashyolar asosida organik va murakkab o始g始itlar olishning jadallashgan texnologiyasini ishlab chiqish va ularni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toshqinidan zarar ko始rgan hududlar tuproq unumdorligini qayta tiklashda qo始llash”, Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan “Tabiiy ofatdan zararlangan ekin maydonlariga takroriy ekin sifatida ertapishar, qurg始oqchilikka chidamli, tola chiqimi yuqori yangi “袗fsona” g始o始za navini joriy etish” va “Ozuqabopligi va texnologik hosildorligi yuqori va tuproqning fitomeliorativ holatiga ta始sir qiluvchi jo始xorining yangi navlarini Buxoro viloyati tuproqlariga joriy etish”, Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan esa “Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko始rgan tuproqlarning unumdorligini qayta tiklashda yangi tarkibli mikrobial preparatlar konsortsiumini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzularida bugungi kunning dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar ishlab chiqildi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e始lon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim qilindi.
Ushbu ilmiy loyihalar asosida respublikamizdagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda Sirdaryo viloyatida suv toshqini ta始sirida zarar ko始rgan tuproqlar unumdorligini tiklash, qishloq xo始jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyalar ishlab chiqiladi va suv toshqini ta始sirida zarar ko始rgan dala maydonlarida qo始llaniladi.