Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Toshkent viloyati umurtqali hayvonlarini faunasi va monitoring tizimi” nomli information-metodik to’plam nashr etildi


O’zR FA Zoologiya instituti olimlari tomonidan “Toshkent viloyati umurtqali hayvonlarini faunasi va monitoring tizimi” nomli information-metodik to’plam “Fan” nashriyotida nashr etildi. 

To’plam O’zR FA Zoologiya instituti Umurtqali hayvonlar laboratoriyasi tomonidan 2018-2020-yillardagi "Biologik resurslarni kuzatish tizimini yaratish uchun asos sifatida Toshkent viloyatidagi umurtqali hayvonlar faunasini inventarizatsiya qilish va baholash” amaliy loyihasi natijalari asosida tayyorlangan.
To’plam 4 qismdan iborat bo'lib, hayvonot dunyosini inventarizatsiya qilish va monitoringini o'tkazish yondashuvlari hamda usullarining batafsil tavsifini o'z ichiga oladi. Ta'riflangan usullardan mamlakatning barcha ma'muriy hududlarida umurtqali hayvonlarning iqtisodiy ahamiyatga ega turlarining resurslarini baholash, ulardan foydalanish hajmini aniqlash, Qizil kitobga kiritilgan noyob hayvon turlarini himoya qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!