Dunyo xazinalarini to始ldirib turgan ming-minglab qadimgi yozma yodgorliklar har bir xalqning o始tmish madaniyatini o始zida aks ettiradi. Ularda xalqning boy ma始naviy va madaniy merosi, qadim urf-odati, e始tiqodi bilan bog始liq ko始plab ma始lumotlar jamlangan. Ota-bobolarimiz qoldirgan boy madaniy merosni o始rganish, uni kelajak avlodlarga yetkazish nafaqat yurtimizda, balki dunyo olimlari oldidagi muhim masala bo始lib qolmoqda. Yurtboshimizning 2017-yil 24-maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ始ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi qarori bilan yozma yodgorliklarimizni o始rganishning yangi bosqichi shakllanmoqda. Qarorda belgilanganidek, “O始zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo始lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta始mirlanish holatini monitoring qilish va ularning elektron bazasini yaratish” bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi.
O始zR F袗 袗lisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi qo始lyozmalar fondida ham ko始plab noyob qo始lyozma va toshbosma (litografik) asarlar saqlanadi.
Muzey xodimlari tomonidan “袗lisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlarning elektron katalogini yaratish va nashrga tayyorlash” nomli amaliy loyiha doirasida mingga yaqin toshbosma asarlar ustida izlanishlar olib borildi. Ular turli mavzularga oid asarlar bo始lib, tili va mavzusi bo始yicha teng miqdorda saralab olindi.
Professor S.Hasanov va f.f.d. Sh. Hasanova rahbarligidagi olimlar guruhining uch yillik izlanishlari natijasida arabiy, forsiy, turkiy tildagi toshbosma asarlarning katalogi nashrga tayyorlandi va “Fan” nashriyoti tomonidan chop qilindi.

Katalogdan muzey qo始lyozmalari fondida saqlanayotgan 500 ta toshbosma asarning ilmiy tavsifi o始rin olgan. 袗rabiy, forsiy, turkiy tildagi asarlar asosan adabiyot, tarix, tilshunoslik, tibbiyot, tafsir va hadis ilmi, mantiq va kalom ilmi, aqoid, fiqh, nahv va sarf ilmlari va boshqa sohalarga taalluqli.
Katalog adabiyotshunos, sharqshunos, manbashunos, matnshunos mutaxassislar hamda vatanimiz qo始lyozma fondlarida saqlanayotgan yozma yodgorliklar bilan qiziquvchilar uchun mo始ljallangan.