Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Tosh davri arxeologiyasi” oʼquv amaliy kursi tashkil etildi


OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi Samarqand arxeologiya institutida “Tosh davri arxeologiyasi” oʼquv amaliy kursi tashkil etildi. Respublikamizda ilm fan va oliy taʼlim oʼrtasidagi integratsiyani kuchaytirish, yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga yoʼnaltirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi B.Sayfullayev tomonidan eksprement tarzida tashkil etilgan oʼquv amaliy kursi 18-yanvardan 18-martga qadar davom etib, unda OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi, Samarqand arxeologiya instituti, FА Qoraqalpogʼiston boʼlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand davlat universiteti doktorant va kichik ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.

 Kursda tosh davri arxeologiyasining oʼziga xos xususiyatlari xususan, toshlarni texnik-topologik jihatdan ajratish, ularni kameral qayta ishlash, tosh qurollarni tavsiflash, ilmiy muomalaga kiritish usullari va ularni tahlil qilish, J.Peligrin (texnologik uslub) hamda S.Tibualar (morfologik uslub) tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy usullar yordamida ibtidoiy davrga oid texnokomplekslarni oʼrganish borasida amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.

Kurs ishtirokchilari oʼquv amaliyot davomida Samarqand arxeologiya instituti bilan bir qatorda FА Qoraqalpoq boʼlimi, Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyi, Samarqand davlat universiteti fondlarida saqlanayotgan, tosh davriga oid yodgorliklardan topilgan tosh buyumlarni arxeologik jihatdan oʼrganishdi. Amaliy kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikat berildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!