Hozirgi vaqtda yangi dori vositalarini yaratilishida molekulyar modellashtirish usullari muhim rol o始ynaydi. Bu ayniqsa, biologik nishonlar bo始lgan – retseptor va fermentlarga biologik faol modda ta始sir qiluvchi dori vositalarini ishlab chiqishida muhim.
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始simlik moddalari kimyosi institutida O始zbekiston o始simlik resurslaridan ajratib olingan ko始plab tabiiy birikmalar mavjud. Bu moddalarning aksariyati biologik faol birikmalardir, ya始ni potentsial dorivor moddalardir.
Ularni tadqiq etish uchun “Tibbiy kimyo va nozik organik sintez” yangi zamonaviy laboratoriya tashkil qilinmoqda. Uning asosiy vazifasi kimyo va bioinformatikaning ilg始or usullaridan foydalanib, yangi kichik dori molekulalarini yaratishdir.

Laboratoriya xodimlari tibbiy, organik, biologik kimyo, ko始p parametrli ma始lumotlarni tahlil qilish va agrokimyo, in silico modellashtirish uslublari bilan shug始ullanadi.
Mazkur laboratoriyaning tashkil etilishi virtual skrining, tibbiy kimyo va dori vositalarini yaratish sohasiga zamonaviy usullarini Institut tizimiga tadbiq qilish imkonini berib, dori-darmonlar ishlab chiqilishida, kerakli xususiyatlarga ega dori molekulalarini modellashtirish, sintezlash va tanlash imkonini beradi. Bu esa, dori vositasi yaratilish jarayonining sezilarli darajada qisqarishiga yordam beradi.