Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"The Shanghai Cooperation Organization: exploring new Horizons" kitobi nashr etildi


O‘zbekiston ShHTga raislik qilgan yili 2022-yil may oyida Londonda taniqli Routledge xalqaro nashriyoti tomonidan “The Shanghai Cooperation Organization: exploring new Horizons” (“Shanxay hamkorlik tashkiloti: yangi ufqlarni ochish”) kitobi chop etildi. Kitob taniqli xalqaro maʼlumotlar bazasi Scopus tomonidan indekslangan boʻlib, ShHTning shakllanishi va oʻzgarishi tarixi, zamonaviy tahdid va tahdidlarning globallashuvi sharoitida tashkilot faoliyatining asosiy jihatlarini qamrab oladi.

Ushbu nashr xalqaro munosabatlardagi mintaqaviylik va universalizm jarayonlari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar, olimlar va siyosatchilar uchun foydalidir. Ish ShHT mamlakatlari va xorij tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan, ular orasida Toshkent yuridik universiteti professori Omonulla Muhamedjonov va O’zR FA O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markazi bo’lim mudiri, prof. Mirzohid Rahimov ham bor. https://www.routledge.com/The-Shanghai-Cooperation-Organization-Exploring-New-Horizons/Marochkin-Bezborodov/p/book/9780367772802


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!