Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

TERMITLARGA QARSHI KURASHNING YANGI STRATEGIK YECHIMI


Xiva shahrida termitlarga qarshi kurashda yangi yondashuv ishlab chiqildi. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida termitlar bilan samarali kurashish uchun yangi yem-xo‘rak va tuproq ostidan ishlov berish qurilmasi yaratildi.

 

 

 

Tayyorlangan yem-xo‘rak, Metarhizium anisopliae va Baveriya tenella zamburug‘lari aralashmasi va Ferulla o‘simligi poyasi yordamida ishlab chiqildi. Yem-xo‘rak, nam va qorong‘u joylarda termitlar tomonidan uyasiga olib ketildi, va zamburug‘lar ular orqali tarqalib, termit oilasida kasallikni keltirib chiqardi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, termitlarga qarshi biologik kurashni yanada samarali qilishga imkon yaratadi.

 

 

Shuningdek, Yangi turmush mahallasidagi aholi xonadonlar uchun tuproq ostidan ishlov berish qurilmasi qo‘llanildi. Ijektor usuli yordamida termitlar tomonidan zararlangan uylar tuproq ostidan xavfsiz tarzda ishlov berildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlov berilgan uylar termitlardan himoyalangan, ishlov berilmagan uylar esa termitlar tomonidan zararlangan.

 

 

Ushbu innovatsion yechimlar, termitlarga qarshi kurashda yangi davrni boshlashga va binolarni samarali himoya qilishga yordam beradi. Bu yondashuv, nafaqat Xiva, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab termitlardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!