O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-F –sonli farmoyishiga asosan Xorazm viloyatining Xiva shahrida termitlar tarqalishini o始rganish hamda uning oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish bo始yicha Respublika ishchi guruhi a始zolari - F袗 Zoologiya instituti direktori B.Xolmatov, laboratoriya mudiri G.Mirzayeva hamda Termitlarga qarshi kurashish markazi direktori K.Rustamov tomonidan Xiva shahriga ilmiy safar tashkil etildi.
Ishchi guruh a始zolari tomonidan Xorazm viloyati Xiva tumani hokimligi bilan hamkorlikda Xiva shahrida termitlar tarqalgan mahalla fuqarolar yig始ini raislari, Ichan qal始a muzey qo始riqxonasi xodimlari, Xiva tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Sanitariya epidemiodogiya xodimlari, Xorazm Ma始mun akademiyasi olimlari bilan birgalikda termitlarning tarqalishi va zarari bo始yicha davra suhbati o始tkazildi. Davra suhbatidan so始ng termitlardan zarar ko始rgan va buzilishi lozim bo始lgan bino va inshootlar joyiga chiqib o始rganildi.



Shuningdek, safar mobaynida Ishchi guruh a始zolari hamda Xorazm Ma始mun akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Xiva shahrida termitlarga qarshi kurashish ishlarini kompleks amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.