Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Termitlar tarqalishini bashorat qilish qurilmasi


Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan termitlar paydo bo‘lish ehtimoligini oldindan bashorat qilish qurilmasi ishlab chiqildi.

 

Qurilma havo harorati, nisbiy namlik va gazlar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlab, EXCEL formatda xotirada saqlab boradi. To‘plangan maʼlumotlar qayta ishlanib, termitlarning paydo bo‘lish ehtimolligi hisoblab chiqiladi.

Qurilma Wi-Fi rotori, termit detektordan iborat. Detektorning o‘zi havoning nisbiy namligi va haroratni o‘lchash hamda gazlarni aniqlash sensorlaridan iborat.

Qurilma 200 v kuchlanishda ishlash uchun maxsus tok pasaytirib beruvchi manbaga ulanadi. Maʼlumotlar o‘lchanib internetning maxsus saytiga jo‘natiladi. Internet sayti maʼlum foydalanuvchilar uchun ruxsat berish mumkin bo‘lgan himoyaga ega.

Qurilmani tarixiy obidalarda va boshqa strategik ahamiyatga ega bo‘lgan binolarga o‘rnatish va shu asosda qarshi kurash choralarini olib borish mumkin. Termitlarga qarshi kurashda ularni paydo bo‘lishini oldin bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki hamma joyda bir xil muddatda paydo bo‘lmaydi. Qurilma yordamida geolokatsiya yordamida termitlar paydo bo‘lish ehtimoli bilan birgalikda ularning paydo bo‘lish joylarini ham aniqlash mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!