Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Termitlar bilan zararlangan hududlar raqamlashtirilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-noyabrdagi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 605-sonli qarori va 2024-yil 4-noyabrdagi “Respublikada termitlarga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 735-sonli qarori asosida Respublikada termitlarga qarshi kurashishni tizimli asosda tashkil etish, aholi turar joylari, ijtimoiy soha obyektlari va maʼmuriy binolar, tarixiy obidalar hamda ochiq yer maydonlarida termitlar tarkalishining oldini olish choralarining samaradorligini tubdan oshirish, shuningdek, “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Respublikada termitlar tarqalishini monitoring qilish axborot tizimi ishlab chiqilib joriy etildi. (www.termit.academy.uz)

 

Mazkur axborot tizimi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kadastr agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda termitlardan zararlangan binolar, ularning joylashuvi va tegishliligi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni shakllantirish hamda yangilab borish, shuningdek, termitlar tarqalgan hududlarning kengayishini monitoring qilib borish imkonini beradi.

 

Hozirda Respublika bo‘ylab termitlardan zararlangan deb topilgan obyektlar 19,7 mingga yaqin xonadon, 98 ta ijtimoiy soxa ob’yekti, 75 ta maʼmuriy bino, 46 ta tarixiy obida xamda 1 100 gektar ochiq yer maydonlari Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazining hududiy vakillari tamonidan oʻrganib chiqilib termitlarning tarqalishini ilmiy asoslangan holati aniqlanib axborot tizimiga kiritib boriladi.

 

Termitlardan zararlanish holatlari yildan-yilga koʻpayib borayotganligi, zarar oqibatlarini bartaraf etishda va xonadonlarni avariya holatiga kelib qolishining oldini olishda hamda termitlarga qarshi kurashish tadbirlarini samaradorligini oshirish maqsadida faoliyatni raqamlashtirish hududlarda termitlarning tarqalish darajasini monitoring qilish natijalaridan kelib chiqib, tuman (shahar)lar kesimida har bir mahallani “yashil”, “sariq” va “qizil” toifaga ajratish imkoniyatlarini yaratmoqda.

 

Axborot tizimidagi toifalarga ajratilgan hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish, bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurish hamda loyiha hujjatlarining arxitektura qismini kelishish boʻyicha xulosa berishda foydalaniladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!