Vatanimiz tarixiga tegishli ushbu nodir buyum Londonning Kensington tumani Kromvell-plas maydonida joylashgan, 1986 yilda Oliver Xor (1945–2018) tomonidan tashkil etilgan shaxsiy gallereyada saqlanadi (Oliver Hoare Ltd, The Lavery Room, 5 Cromwell Place Kensington, London. http://oliverhoareltd.com).
“Muhrning ostki qismida to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida arab yozivining kufiy xatida “Shohrux Bahodur” so‘zlari tushirilgan. Shohrux mirzoga tegishli bir qancha bitiklar bizgacha yetib kelgan va undagi hukmdorga tegishli muhrlarning shakli, asosan, aylanasimon (dumaloq) ko‘rinishda edi. Demak, ushbu ashyo orqali Shohruh mirzoning to‘rtburchak shaklidagi muhri ham bo‘lganligi endilikda ma’lum” – Azizjon SHARIPOV, O‘zRFA Temuriylar tarixi davlat muzeyi “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i.