馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tarmoqlarga joriy etishga tayyor bo始lgan ilmiy ishlanmalar taqdimoti


2020-yil 3-dekabr kuni O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida oliygoh, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar”ga bag始ishlangan yig始ilishda hudud va tarmoqlarni ilmiy tashkilotlar bilan bog始lash, respublikada ilm-fan samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish vazifasi qo始yildi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida 7-9-dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy tashkilotlar tomonidan tarmoqlarga joriy etishga tayyor bo始lgan ilmiy ishlanmalar taqdimoti hamda turli uchrashuvlar o始tkazildi.

 

Ikki davomida o始tkazilgan taqdimot hamda uchrashuvlarda vazirlik va idoralar, ilmiy tashkilotlar va ilmiy ishlanmalar mualliflari ishtirok etdi.

Taqdimot va uchrashuvlar yakunida tarmoqlarda mavjud muammo va ehtiyojlarni ilmiy tashkilotlarga buyurtma berish va ilmiy ishlarni tijoratlashtirish bo始yicha kelishuvlar bo始ldi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!