馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tarixiy obidalarimizni asrash yo鈥檒idagi tadqiqotlar


Xiva shahridagi Ichan-Qal始a 1990-yil dekabr oyida YUNESKO tasarrufiga - jahon madaniyati va merosi ro'yxatiga kiritildi va shaharga “Xiva - ochiq osmon ostidagi muzey shahar” degan oliy maqom berildi. X-XX asrlar arxitektura yodgorliklarining O驶rta Osiyoda yagona majmuasi, davlat arxitektura muzey - qo驶riqxonasi Ichan-Qal始ada 54ta tarixiy me始moriy obida mavjuddir. Mamlakatimizni jadal rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida shaharsozlik va me始morchilikni yanada takomillashtirish, me始moriy yodgorliklarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish borasidagi muammolarni hal etish chora-tadbirlari belgilangan. Muhtaram Yurtboshimiz aytganidek, - “Madaniy meros obyektlari xalqning bebaho boyligi, ularni asrash va avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning burchimizdir. Yurtimizdagi tarixiy obidalarni saqlash va ta始mirlash, buyuk ajdodlarimizning qadamjolarini obod etish bo驶yicha oldimizda hali qanchadan-qancha vazifalar turibdi”.

Shu xususda, Ichan-Qal始a muzey qo驶riqxonasi hududida joylashgan - 213 ta yog’och ustun ko驶tarib turgan “Juma Masjid” me始moriy yodgorligining turli salbiy ta始sirlardan saqlash va umrini uzaytirishga oid amaliy ishlar bajarish juda ham zarur. Chunki, Sobiq ittifoq davrida (1940-50 yy) Juma Masjid obidasida tumanning paxta va donini saqlash uchun omborxona vazifasini o驶tagan, natijada obidadan noto驶g驶ri foydalanilgan. Hozirda, noyob yog驶och ustunlar, tomyopma qismlarining ko驶pchiligi biologik ta始sir hisoblangan - termitdan zararlangan. Shuningdek, yer osti suvlarining ko驶tarilishi va atmosfera suvlari ta始sirida tomyopma qismi namlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “Xiva shahridagi 1000-yillik tarixga ega “Yog驶och muzey” - Juma Masjidini saqlash va ta始mirlashda innovatsion  yondoshuv” mavzusida grant loyihasi O驶zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniya Ta始lim va tadqiqotlar federal vazirligi (BMBF) hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalar tanlovida g驶olib deb topildi.

Loyihaning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyodagi yagona “Yog驶och muzey” Juma Masjid me始moriy yodgorligining kelgusi avlodlarga asl holida yetkazish maqsadida katta tajribaga ega bo驶lgan YUNESKOning Germaniyadagi “Deutsches Fachwerkzentrum Quedlinburg e.V” ta始mirlash markazi bilan hamkorlikda yog驶och ustunlarni va tomyopma qismini innovatsion texnologik usullar qo驶llagan holda an始anaviyligini saqlab qolish asosida ta始mirlash ishlarini bajarishdan iborat.

Shu xususda, loyiha doirasida Xorazm ma始mun akademiyasi “Janubiy Orolbo驶yi tarixiy me始moriy yodgorliklarining qurilish materiallarini sinash va ta始mirlash laboratoriyasi” olimlari bilan hamkorlikda Claudia Christina Hennrich rahbarligidagi 8 kishidan iborat ilmiy guruh (Birgit Maria Schön, Ulrich Otto Thümmler, Noah Jasper Whistler, Dieter Herbert Hegholz, Conny Luthardt, Hannah Thielicke, Lydia Hahmann) Juma Masjid me始moriy obidasining yog驶och ustunlari bo驶yicha innovatsion yondoshuv asosida ustunlarni texnik holatini aniqlash, ularni ichki strukturasini o驶rganish bo驶yicha tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 

Loyiha natijalaridan O驶zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti bo驶limlarida ham qadimiy masjidlarni saqlash va ta始mirlashda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, natijalardan mamlakatimizdagi va qo驶shni davlatlardagi qadimiy yog驶och ustunli masjidlarni saqlash va ta始mirlash samaradorligini oshirishda eski metodlardan voz kechish, yangi zamonaviy talablarga mos keladigan takomillashtirilgan metodologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Eng asosiysi, mamlakatimizning noyob “Yog驶och muzeyi” xisoblangan Juma Masjid me始moriy obidasi jiddiy talofatlardan saqlanadi va uning umrboqiyligi ta始minlanadi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!