馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoyeva vafot etdi


O始zR F袗 Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixshunos olima, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva vafot etdi.

D.Ziyoyeva ilmiy faoliyatini 1983-yil Tarix institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, Institutning ilmiy ishlar bo始yicha direktor o始rinbosari (2000-2005), "XIX-XX asr tarixi" bo始limi mudiri (1998-yildan hozirgacha) kabi mas始uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. Olima 1990-yil "Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati tarixshunosligi" mavzusida nomzodlik, 1999-yil "1917-1924-yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida" mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Olima rahbarligida "O始zbekiston tarixi" ning V jildi, "O始zbekiston tarixi xrestomatiyasi" ning IV jildi va boshqa qator to始plamlar nashr etilgan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidiumi professor Dono Hamidovna Ziyoyevaning vafoti munosabati bilan olimaning oila a始zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!