O'zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “O'zbekistonda tarix fanining buguni va ertasi: muammolar va yechimlar” mavzuidagi onlayn seminar o'tkazildi.
Unda FA Tarix instituti, Sharqshunoslik instituti yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Seminarda tarix fanining bugungi holati, dolzarb masalalar, kadrlar salohiyati, shuningdek, yechimini kutayotgan masalalar haqida so'z yuritildi. Seminar so'nggida ushbu fanni yanada rivojlartirish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.