Bulg`or islom akademiyasi (ΠΠΎΠ»Π³Π°ΡΡΠΊΠ°Ρ ΠΈΡΠ»Π°ΠΌΡΠΊΠ°Ρ Π°ΠΊΠ°Π΄Π΅ΠΌΠΈΡ) va O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda Komiljon Rahimovning «Π’Π°ΡΠΈΠΊΠ°Ρ Π₯Π°Π΄ΠΆΠ°Π³Π°Π½-Π½Π°ΠΊΡΠ±Π°Π½Π΄ΠΈΠΉΠ° ΠΈ ΡΠ΅ΠΌΡ ΠΏΠΈΡΠΎΠ²» nomli monografiyasini nashr ettirdi.

Komiljon Rahimov – tasavvuf bo`yicha soha mutaxassisi. Tadqiqotda tariqat asoschilari xojagon-naqshbandiyning hayoti va faoliyati, Abduxoliq Gijdivoniydan Bahouddin Naqshbandgacha bo'lgan dastlabki yetti pirning hayoti va faoliyati haqida to'xtalib, tariqatning paydo bo'lishi va tarqalish tarixi, uning go`yaviy va ilmiy asoslari haqida aniq, ilmiy asoslangan tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Tadqiqotchi, tariqatlar paydo bo'lishidan oldin, VIII – XI asrlardagi Markaziy Osiyo tasavvuf tarixi to'g'risida ma'lumot bergan. Bu bilan, Markaziy Osiyoda xojagon-naqshabandiya tariqati quruq joyda paydo bo'lmaganligini va uning tarixiy asoslarini isbotlab berdi.
Falsafa doktori Komiljon Rahimovning monografiyasi ma'naviy-ma`rifiy meros borasida izlanishning tarixiy tajribasini ro'yobga chiqarishda, MDH mamlakatlari xalqlarining islomiy merosining ko'p asrlik an'analarini tiklash va rivojlantirishga ijobiy hissa qo'shishi bilan ahamiyatli.
Monografiya uchta bobdan iborat:
Markaziy Osiyo tasavvufi xojagon-naqshbandiyaga qadar bo`lgan davrda;
Xojagon-naqshbandiya tariqati (oltin silsila, xojagon-naqshbandiya tariqatining paydo bo'lishi va tarqalishi);
Yetti pir (Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband).