RAUPOVA AZIZA USMON QIZI
1995 yil 26 dekabrda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Big’mi qishlog’ida tug‘ilgan.
2001 yil Shahrisabz tumanidagi 46-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. Maktabni 2010-yilda muvaffaqqiyatli tamomlab, shu yili tumandagi Iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o’qishni davom ettirgan. 2014-2018 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining San'atshunoslik fakulteti “Muzeyshunoslik; tarixiy-madaniy obyektlarni konservasiya qilish, ta’mirlash va saqlash” bo‘limi bakalavriat bosqichida,
2018-2020 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining San'atshunoslik fakulteti “Muzeyshunoslik; tarixiy-madaniy obektlarni konservasiya qilish, ta’mirlash va saqlash” bo‘limi magistratura bosqichida tahsil olgan. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish davomida tirishqoqoligi, bilimga chanqoqligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turgan va ikkala bosqichni ham imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituning 2-bosqich tayanch doktoranturasida “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olmoqda.
Raupova Aziza Usmon qizi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituning 2-bosqich tayanch doktoranturasida “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olmoqda. Ilmiy rahbari me’morchilik fanlari doktori, professor Yusupova Mavlyuda Aminjanovna rahbarligida “Shahrisabz vohasi me'moriy merosining mahalliy xususiyatlari va ta'mirlash muammolari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.
Tayanch doktoranturada tahsil olish bilan bir qatorda turli xalqaro va respublika doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiya va talovlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Shu kunga qadar 20 dan ortiq ilmiy-ma’rifiy maqolalari xalqaro va respublika doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiya to’plamlarida va OAK tan oladigan respublika, xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etildi va bir qator ko’rik tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, Xalqaro tashkilotlar hamda Renessans ilmiy markazi va nashriyot-uyi ''Renessans davri: Ilmiy-tadqiqotlar yetakchisi'' Xalqaro ilmiy, amaliy tanlovida ishtirok etib, esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda “Shahrisabz vohasi me'moriy merosining mahalliy xususiyatlari va ta'mirlash muammolari” mavzusidagi ilmiy ishi doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Raupova Aziza Usmon qizi joriy yilda “Texnika va Texnologiya” yo‘nalishi bo‘yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g'olibi bo'ldi. G'alaba muborak bo'lsin!