馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Taniqli geolog olim, akademik Habib 袗bdullaevning 110 yilligi nishonlandi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi tomonidan akademik Habib 袗bdullayev tavalludining 110 yillik yubileyiga bag始ishlangan “O始zbekiston ilmiy salohiyati yuksalishiga salmoqli hissa qo始shgan inson!” mavzusidagi sayyor ilmiy-amaliy seminar o始tkazildi.

  

 

Unda F袗 Navoiy bo始limi rahbariyati, yetuk olimlari va yosh ilmiy xodimlari, mehnat faxriylari hamda Yosh olimlar kengashi a始zolari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda H.袗bdullayevning nevarasi, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bosh direktori H.袗bdullayev, O始zbekiston Respublikasi Davlat geologiyasi va mineral resurslar qo始mitasi huzuridagi H.M.袗bdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti yetakchi ilmiy xodimi X.D.Ishbayev va yosh olimlari, “Navoiyuran” DK bosh geologi o始rinbosari B.I.Mirxodjayev hamda mahalliy aholi vakillari qatnashdilar.

Ilmiy-amaliy seminar jarayonida ishtirokchilar geologiya fanining milliy va xalqaro miqyosdagi taniqli vakillarini H.M.袗bdullayev nomidagi akademik medallar bilan taqdirlashni qayta yo始lga qo始yish, uning nomidagi jamg始arma faoliyatini tiklash va oliy o始quv yurtlarida iqtidorli yosh geologlarga maxsus stipendiya ta始sis etish zarurligini ta始kidladilar.

Bundan tashqari, tadbirda ishtirok etgan olimlar, mahalla oqsoqollari va Langar MFY ma始muriyati mahalla binosida bir xona ajratib, H.M.袗bdullayev hayoti va ilmiy faoliyatini yoshlarga targ始ib qilish maqsadida muzey tashkil etish hamda Langar qo始rg始oni hududida geolog-qidiruv ishlarini o始tkazib, mahalliy aholini ish bilan ta始minlash imkonini beradigan yangi konlar ochish kabi takliflarni muhokama qilib, ularni hayotga tatbiq etish uchun rejalar tuzib oldilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!