Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Talabalar uchun tarix fanidan yangi darslik chop etildi


O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, O`zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi hamda oliy o'quv yurtlari vakillari ishtirokida talabalar uchun ilk bor “O'zbekistonning eng yangi tarixi” darsligi chop etildi.

Etakchi xorijiy universitetlarning akademik va o’quv nashrlari tajribasini o’rganish asosida hamda keng doiradagi materiallarni jalb qilgan holda ushbu darslikda O’zbekiston rivojlanishining asosiy yo’nalishlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy transformatsiyasida yuz berayotgan o’zgarishlar, uning dunyo siyosati va iqtisodiyoti globallashuvi sharoitidagi xalqaro aloqalari tahlil qilingan. Ushbu darslik muallifi O`zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori t.f.d., prof. M.A. Raximov.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!