O始zbekiston-Yaponiya qo始shma arxeologik ekspeditsiyasi 袗ndijon viloyatining Jalaquduq tumani Oyim qishlog始i yaqinida joylashgan Dalvarzin shahar harobasida arxeologik qazishma ishlarini davom ettirmoqda. Mazkur shahar harobasi – nafaqat Farg始ona vodiysi, balkim O始rta Osiyodagi so始nggi bronza va ilk temir davri (mil avvalgi XII-VII asrlar) yodgorliklari ichida eng kattasi va muhimi hisoblanadi. Bu yerda yashagan aholi turli xo始jalik ishlari bilan mashg始ul bo始lganlar. Shuni hisobga olgan arxeologlar joriy yilda Dalvarzindagi xo始jalik turlarini aniqlashni o始z oldilariga maqsad qilib qo始ydilar. Qazishmalarda asosiy e始tibor xayvon suyaklari va o始simlik urug始lari va qoldiqlarini aniqlashga qaratilmoqda. Tadqiqotlar davomida qadimiy ot suyagini aniqlanishi muhim natija sifatida e始tirof etilmoqda. Dastlabki izlanishlar mazkur qadimgi shahar aholisi asosan dehqonchilik va uy chorvachiligi bilan mashg始ul bo始lganligini ko始rsatmoqda.