Joriy yil Buxoro viloyatining Qorako始l va Olot tumanlarida sodir bo始lgan kuchli shamol va Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv ombori yorilishi natijasida yuz bergan suv toshqini nafaqat insonlar, qishloq xo始jaligi ekinlari, chorva mollari, balki flora va faunaga ham jiddiy zarar yetkazdi. Shu boisdan O始zR F袗 Botanika instituti tomonidan mazkur hududlar tabiiy o始simliklar qoplamida sodir bo始lgan inqiroz darajasini aniqlash va suv eroziyasi oqibatida hosil bo始lgan yalangliklarda innovatsion texnologiyalar yordamida tabiiy o始simlik qoplamini tiklashga qaratilgan “O始zbekistonning tabiiy ofatdan aziyat chekkan rayonlari tabiiy o始simliklar qoplamining inqiroz darajasini baholash va uni qayta tiklashning innovatsion usullarini joriy etish”, shuningdek, F袗 Zoologiya instituti olimlari tomonidan “Buxoro vohasi hayvonot olamiga tabiiy hodisaning yetkazgan zararini tahlil qilish va ularning hayot faoliyatlarini tiklash bo始yicha tadbirlar ishlab chiqish” hamda “Sirdaryo viloyatining tabiiy ofat yuz bergan joylarida anofelogen suv havzalarini aniqlash bo始yicha aholi yashash hududlarini monitoring qilish, ularning hudud aholisi salomatligiga salbiy ta始siri va ularni keskin kamaytirish choralarini bashorat qilish” nomli loyihalarni ishlab chiqildi hamda O始zR Innovatsion vazirligi tanlovida ishtirok etish uchun taqdim qilindi.
Shuni ta`kidlash lozimki, Buxoro viloyati faunasi tarkibida umurtqali hayvonlar 416 ko始proq turdan iborat, shulardan amfibiyalar 2 tur, sudralib yuruvchilar – 32, qushlar – 338, sutemizuvchilar – 44. O始rganish rejalashtirilgan hududda quriqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning alohida muhofazaga olingan 60 turi uchraydi va ularning 6 turi reptiliyalar, 46 turi qushlar, 8 turi sutemizuvchilar bo始lib O始zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Viloyat chegarasida Qizilqum davlat qo始riqxonasi, “Jayron” Buxoro ixtisoslashgan pitomnigi mavjud. Dengizko始l xalqaro va milliy ahamiyatga ega tabiatni muhofaza qilish zonasi hisoblanadi.
Ushbu loyihalar tabiiy ofatlar natijasida o始simlik va hayvonot olamiga yetgan zararni yangi innovatsion yondoshuvlar asosida qayta tiklashga qaratilgan.