Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Tabiiy birikmalar kimyosi” Xalqaro Simpoziumi


Ayni paytda O‘zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlaridan iborat 15 kishilik delegatsiya XXR Shanxay shahrida navbatdagi “Tabiiy birikmalar kimyosi” Xalqaro Simpoziumida ishtirok etmoqdalar. Unda Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston davlatlari vakillari ham qatnashmoqdalar.

16-oktyabr kuni ushbu Xalqaro Simpozium o‘z ishini boshladi. Simpoziumni  Shinjon fizika va kime texnika instituti direktori o'rinbosari prof. Xajiakbar Aysa ochib berdi. 

  

Simpoziumning ilk tashkilotchilari O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti va Turkiyaning Anadolu Universiteti hisoblanadi (1993 yil). 2009-yilda tashkilotchilar katoriga Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika instituti qo‘shilgan hamda 2011-yilda Simpozium ushbu Institutda o‘tkazilgan. Har 2 yilda turli davlatlarda tashkillanadigan ushbu Simpoziumda tabiiy birikmalarning kimyosi, biologiya va texnologiyasi muaommolari muhokama etilib fikr almashiniladi.

Simpozium 19-oktyabrgacha davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!