Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Tabiiy birikmalar asosidagi dori vositalari” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi


2018 yil 18 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida FA akademiklari B.T.Ibragimov va A.S.Toʻrayev tashabbusi bilan “Tabiiy birikmalar asosidagi dori vositalari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda Respublikamizdagi yetakchi mutaxassislardan tashqari Rossiya, Qozogʻiston hamda Xitoy davlatlaridan 20 ga yaqin olimlar ishtirok etishdi.

Konferensiyada tabiiy biologik faol birikmalarning tuzilishi va funksiyalarini tadqiq etish, tirik organizmlarni normada va patologiyada faoliyat koʻrsatishining molekuyar menizmlari, oʻsimlik va hayvon maxsulotlari xom ashyosi asosida yangi dorivor moddalar ishlab chiqish, dorivor moddalarning farmakokinetik va farmakodinamik koʻrsatkichlarini oʻrganish, makromolekulyar biologik faol moddalarni tadqiq qilishning ilmiy va metodologik yondashuvi komplekslari koʻrib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya natijalari respublikada tabiiy birikmalarni tadqiq etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi va tibbiyot va farmatsevtika amaliyotida yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi va xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!